Hali yo‘q hosilni sotish
Assalomu alaykum! Biz taraflarda shunday odat bor. Dehqonlar ekinlarini ekish paytida pulga muhtoj bo‘lib puldorlar bilan shunday shartnoma qiladi. Masalan: menga falon so‘m pul bering, men sizga mahsulotim pishganda falon narxda mahsulot beraman (ko‘pincha odatdagi narxdan arzonroq bo‘lgan narxni aytadi), deydi. Shunday savdo joizmi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Joiz. Shu ekinimdan deb tayin qilmaslik kerak. Masalan kartoshka ekuvchi qaerdan bo‘lsa ham shu narxdan sizga kartoshka topib beraman deyishi kerak. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 05:22 | Savol-javoblar | 159 | Moliya va tijorat