Unashtirilgan bo‘lsa qizga buyruq berishi

Assalomu alaykum! Men unashtirilganman, bo‘lajak turmush o‘rtog‘im singlimning uyiga ko‘rishga borishimga ruxsat bermaydi. Yaqinda singlim farzandli bo‘ldi, agar aytmay ko‘rishga borsam gunohkor bo‘lmaymanmi? Sha’riatda bunday ta’qiqning hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Unashtirilgan odam mutlaqo begona hisoblanadi. Sizni biror joyga borishiz yoki bormasligingizga aralashishga haqqi yo‘q. To nikoh o‘qitilguncha gaplashish yoki yozishishlaringiz ham gunoh bo‘ladi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 22:53 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar