Sahobalar haqida film

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar. Qilayotgan bu xizmatlaringizni ajru-hasanotlarini Alloh taolo ko‘paytirib bersin. Ustozlar men va do‘slarim quyidagi linkda https://kinerama.uz/movie/6959 hazrat Umar ibn Xattob roziyallohu anhu haqlarida seriallashtirilgan filmni topdik. Savolimiz shundan iboratki: bu filmni ko‘rish joiz bo‘ladimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat. Ustozlar sizlardan iltimos, bizlarning haqqimizga ham duo qilinglar. Bizlar ilm yo‘lidagi ilmu toliblarmiz. Jazaakum Allohu xoyron.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh ilmlaringizni ziyoda qilsin. Filmni, siyratni o‘rganish maqsadida ko‘rish joiz. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:18 | Savol-javoblar | 177 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar