Mayitning qarzi
Assalomu alaykum! Menda Qarz masalasiga oid savollar bor. Kuni kecha bir ko‘rsatuvda Qarz masalasi ko‘tarildi. Shunda bir axli ilm kishi bir Xadisni keltirdilar. "Rasulullox alayxi vassalam bir kishining janozasini o‘qimoqchi bo‘laturib: "Bu kishining qarzi bormidi?" deb so‘radilar. Kimdur: "Xa 2 dirxam qarzi bor edi" deb javob bergandi, "Men uning janozasini o‘qiy olmayman" deb ketmoqchi bo‘lib turganlarida, bir saxobiy "Men uning qarzini bo‘ynimga olaman yo Rasulullox" deb aytdilar. Shunda Rasulullox alayhi vassalam: "Sizlar kafil bo‘ling, u mayitning qarzini bo‘yniga oldi, endi qarzni u to‘laydi" deb janozani o‘zlari o‘qidilar. Oradan bir kun o‘tib Rasullulox xaligi saxobaga: "Qarzni to‘ladingmi?" dedilar. Shunda xaligi saxoba: "Yo‘q, yodimdan ko‘tarilibdi" deb javob berdilar. Ertasi kuni xam shu axvol. Va nixoyat 3-kun xaligi saxoba: "3-kuni xam Rasulullox so‘rasalar qanday yo‘q deyman?" deb xijolat bo‘lib qarzni to‘labdilar va Rasululloxni oldilariga otlanibtilar. Oldilariga kelib endi qarzni to‘laganliklarini aytmoqchi bo‘ganlarida, Rasulullox: "Xa qarzni to‘labsanda" dedilar. Shunda xaligi saxoba xayron bo‘lib: "Yo Allohning rasuli siz buni kimdan eshitingiz?" deganlarida, Rasulullox: "Sen bo‘yninga olgan qarzni to‘laguningcha xaligi mayit qabrda zanjirband bo‘lib yotgandi. Sen qarzni to‘lashing bilan u ozod bo‘ldi" dedilar. Agar saxix bo‘lsa, vafot etkan odamni qarzini bo‘yniga olgan odam o‘sha qarzni to‘lamaguncha mayit qabrda azoblanaveradimi? Axir xaligi odam xamma qarz meni zimmamda dediku? Meni pochcham olamdan o‘tdilar. Janozada imomni mayitni qarzi, oldi-berdisi bo‘lsa bo‘yniga kim oladi degan savoliga pochchamni ukalari men olaman deb aytdilar. Ammo janozadan 2-3 kun o‘tib, pochamni qarzlarini bo‘yniga olgan ukasi emas, pochchamni ayollari (xolam) to‘ladilar. Xozir endi savol tug‘ilmoqda? Axir xammani guvoxligida "Men bo‘ynimga oldim, men to‘layman" degan uka emas, mayitning ayoli to‘ladi xamma qarzni. Bu degani endi uka o‘sha to‘langan pulni miqdorini kelinoyisiga berishi kerakmi? Yoki muximi mayitni qarzi to‘langanligimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Asosiy narsa zimmasiga olish emas, balki mayyitni zimmasidan soqit qilish. To‘lanmaguncha jannatga kirolmaydi. Qarzni mayyitning merosidan to‘lanadi. Kimdir men bo‘ynimga olaman deyishni o‘zi bilan mayyit qutilmaydi. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 23:12 | Savol-javoblar | 185 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Asosiy narsa zimmasiga olish emas, balki mayyitni zimmasidan soqit qilish. To‘lanmaguncha jannatga kirolmaydi. Qarzni mayyitning merosidan to‘lanadi. Kimdir men bo‘ynimga olaman deyishni o‘zi bilan mayyit qutilmaydi. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 23:12 | Savol-javoblar | 185 | Turli savollar