Farzand niyatida
Assalamu alaykum Shayh Hazratlari !!! Iltimos, biz uchun muhim bo’lgan savolga javob bersangiz.Men uylangaminga yaqinda 8 yil bo’ladi, ammo orada farzand yo’q. Shifokorlar ayolimni farzand ko’ra olmaydi deb aytishdi, lekin u bilan ajrashish niyatim yo’q. Biz hatto bir donor ayol topib, suniy yo’l bilan (probirka orqali) farzand ko’rmoqchi bo’ldik. Ammo, sizning bu boradgi fatvoingizni o’qib, bu ish shariatga zid ekanligini tushundik. Men o’zimni zurriyodim bo’lishini istayman va shu maqsadda bir ajrashgan yoki beva ayol bilan moliyaviy shartnoma tuzib (ya’ni chaqaloq tugib berish evaziga moliyaviy yo’l bilan rozi qilish), vaqtinchalik nikoh o’qitib birga yashamoqchiman. Shu ayol farzand ko’rgandan keyin esa kelishuvga muvofiq chaqaloqni meni ayolimga beradi. P.S. Bu ishni qilishimizdan maqsad, farzandlik bo’lish va oilamizni saqlab qolishdir.1. Shu qilmoqchi bo’lgan rejamiz shariatga zid kelmaydi-mi? 2. Agar bu rejamiz mumkin bo’lsa, farzand (o’gil) balog‘atga etib, ayolimga nomahram bo’lib qolmaydi-mi?3. Mabodo bu ishlarimiz dinimizga zid kelsa, qanday maslahat berasiz?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Nikohni vaqtinchalik va bola tug‘ib berish va oraga pul qo‘yish shariatda yo‘q. Mazkur shartnoma asosidagi ishda sizdan bo‘lgan bola o‘g‘il bo‘lsa, xotingizga nomahram bo‘ladi. Sizlar oddiy holatda bola boqib olsangiz bo‘ladi.
27 May 2022, 05:43 | Savol-javoblar | 133 | Oila va turmush