Ziyoratgohlarda dinni kasb qilish emasmi
Assalomu alaykum! Bilasizlar ziyorat joylar ko‘p tabiyki ziyoratchilar ziyorat qilishlikga borganlarda imomlar tilovat qilishib o‘tirishadi. O‘sha vaqtda ziyoratchilar tabiyki exson qilishadi, o‘sha pullarni olishligi shaxsiy extiyojga ishlatishligi joizmi? Ya’ni imomga xalol hisoblanadimi? Bu dinimizni kasb qilib olganlikga kirib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Haq evaziga tilovat qilib pul topish shar’an harom hisoblanadi. Ba’zilar “biz ulardan so‘ramaymiz” degan bahonalarni qilishadi. Fiqhda “Alma’ruf kalmashruut” ya’ni urfga kirgan narsa shartlashish bilan barobardir degan qoida bor. Agar ular pul bermasalar u erda o‘tirmay qo‘yadilar, hatto ataganingiz bo‘lsa tashlab keting deb so‘raydiganlari ham bor. Bu esa tilanishga kiradi. Uning o‘rniga o‘sha erda turib ziyorat odoblarini, tark qilishi kerak bo‘lgan shirk va kufr amallarini ta’lim bersalar va noto‘g‘ri e’tiqoddan qaytarsalar o‘zi uchun ham ziyorat qiluvchilar uchun ham ulkan xizmatni qilgan bo‘lar edilar. Bergan ta’limi uchun haq olishlari ham joiz bo‘lar edi. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 12:35 | Savol-javoblar | 133 | Halol va harom