Eramizdan avvalgi yillar haqida

Assalomu alaykum Aziz ustoz.Ibn Kasir "Voqea" surasining tafsirida payg‘ambarimiz alayhissalomning dunyo 9000 yildan iborat, men 7- ming yillikda turibman degan so‘zlarini yozganlar. Shu so‘zlarni qandoq tushunimiz kerak? Agar Payg‘ambar alayhissalom yashagan davr 7-ming yillik bo‘lsa, tarixchilarning eramizdan avvalgi deb aytishadigan uzoq yillar haqida musulmon muarrixlar qanday fikrda? Savolni noto‘g‘ri bergan bo‘lsak avvaldan uzr so‘raymiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Sizning savolingizga javob izlab “Tafsiri Ibn Kasir”ni varaqlashga majbur bo‘ldik. Unda 9000 yilni topa olmadik. 7000 yil bor ekan. Bu Bayhaqiy keltirgan rivoyatdan olingan ekan. Bu rivoyatni esa, muhaqqiq ulamolar zaif degan ekanlar. Shuning uchun bu ma’no ko‘p tarqalmagan. Boshqacha qilib aytilganda zaif rivoyatligi uchun unga ulamolar e’tibor bermaganlar.

27 May 2022, 05:45 | Savol-javoblar | 189 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar