Ichkilikka berilgan otamga pul bersam
Assalomu alaykum! Men o‘zim Toshkentda ishlayman ota onam va singilarim Namanganda. Uyga ro‘zg‘or uchun pul jo‘natsam onamga jo‘nataman, chunki otam ichkilikka berilib xatto buni oqibatida uyimizdan xam ajralganmiz. Onamga pul jo‘natsam otam mandan xafa bo‘lishadi "san onang bilan ish qilisan man sanga begonamanmi" deydilar. Man o‘zim otamga jo‘natgim keladi, lekin qancha jo‘natsam xam ichib keyin ro‘zg‘orga qoldirmaydilar, onamga jo‘natsam xafa bo‘lyaptilar. Ikki o‘t orasida qoldim qanday yo‘l tutsam dinimizga to‘g‘ri keladigon ish qilgan bo‘laman? Man qiynalib topgan xalol pulimni xarom ishga xizmat qilishi manga gunox bo‘ladi deb qo‘rqaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz to‘g‘ri ish qilayapsiz ekan. Alloh taolo Qur’oni karimda molni to‘g‘ri tasarruf qilolmaydigan, gunohlarga sarflaydigan insonlarga mol bermaslikka buyurgan. Alloh taolo “Niso” surasida marhamat qiladi. وَلاَ تُؤْتُواْ السُّفَهَاء أَمْوَالَكُمُ الَّتِي جَعَلَ اللّهُ لَكُمْ 5. Alloh sizlarga (hayot) tirgagi qilib qo‘ygan mollaringizni esi pastlarga bermang. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 07:52 | Savol-javoblar | 145 | Halol va harom