Allohga hamd aytish
Assalomu alaykum! 2 hayit namozlarida aytiladigan “Allohu Akbar Allohu Akbar la ilaxa ilaloxu volloxu akbar Allohu Akbar valilaxil hamd”ni (Agar xato yozgan bo‘lsam Alloh kechirsin). Shu so‘zlarini har bir farz namozlaridan keyin 7 marotaba vaqt kam paytlarda 3 marotaba aytishni odat qilgan edim. Hozir ham aytayapman, lekin bir tojikistonlik birodarimiz “bu so‘zlar faqat hayit namozlarida aytiladi” dedi. Men esa Allohga qancha ko‘p hamdu sano aytilsa shuncha yaxshi deb bilaman. Qilayotgan ishim to‘g‘rimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Namozdan keyinga xoslab olmay, hamma vaqt aytib yursangiz zarari yo‘q. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 03:36 | Savol-javoblar | 176 | Duolar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Namozdan keyinga xoslab olmay, hamma vaqt aytib yursangiz zarari yo‘q. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 03:36 | Savol-javoblar | 176 | Duolar