Unashtirilgandan keyin nikoh

Assalomu alaykum! Bir dugonam bor edi, hijobli edi. Unashtirildi, keyin men uni unashilgan yigiti bilan savdo markazida qo‘l ushlashib yurganini ko‘rdim va unga sen hijobda eding, hijobli bo‘lsang ham bo‘lmasang ham baribir bu qilayotkan ishingiz xatoku, sen buni gunohligini bilardingku deganimda, u aytdiki, biz uydagilardan yashiriqcha nikoh o‘qitib oldik, chunki buni yigitim istadi lekin jiddiy narsalar qilmayapmiz, shunchaki erkalashi uchun, ko‘ziga chiroyli ko‘ringanimda yuzimdan shunchaki o‘pib qo‘yishi, va quchoqlashni istagani uchun buni qildik, men ularga to‘ydan keyin diganimda, ular yo‘q kutolmayman deb, ikki kishi guvohligida domlani yoniga olib bordi, keyin nikohdan o‘tdik dedi, halol bo‘lishi uchun, shuning uchun bu halol dedi, lekin bizda odati bo‘yicha to‘ydan bir kun avval nikoh o‘qiladi, oilangiz oldida buni qanday aytasiz, yani biz nikohdan o‘tib bo‘ldik deyolasmi desam, u ayttiki biz ularning ko‘zi uchun yana nikohdan o‘taveramiz dedi. Lekin buni nikoh o‘qigan domla bilmas ekan. Biz boshqa domlaga o‘qitamiz dedi. Iltimos menga bildiring, buni hukmi qanday bo‘ladi. Ikki marta ham nikoh o‘qilaveradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nikoh bog‘langan. Lekin bunday qilmaslik kerak. O‘zi unashtirilgach vaqtni cho‘zmay to‘yni tezlashtirish kerak. Avvaldan nikoh o‘qitib olib, to‘ygacha nikohlanvolib yurish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ikki tomon kelisha olmay qolib to‘y bekor bo‘lgan va qiz talog‘ini olmay yoki hali iddasi tugamay boshqaga nikohlanib ketgan holatlar ham bo‘lgan. Ikkinchi marta nikoh o‘qilishining esa zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

13 Dekabr 2023, 11:06 | Savol-javoblar | 0 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar