Qayn-otaga dada yoki ada deb murojaat qilish

[size=10pt]Assalomu alaykum Shayx hazratlari,Yaqinda islom.uz saytidagi bir hadis to‘g‘risidagi savolga javobingizni o‘qigach, menda bir savol paydo bo‘ldi.Hadis tarjimasi quyidagicha «Kim otasidan boshqani, otasi emasligini bilib turib, otam deb da’vo qilsa, jannat unga haromdir».Bizning hududlarda o‘zingizga ma‘lum shu narsa urf bo‘lib qolganki, odamlar shevaga qarab Qayn-otasini: ota, dada, ada Qayn-onasini: aya, oyi deb murojaat qilishadi. Ko‘pchilik qayn-otasining otasi emasligini bilib turib dada yoki ada deb chaqiradi, lekin hech kim haqiqiy otasi ekanligini da‘vo qilmaydi. Bu holatda qayn-otasiga dada, ota yoki ada deb murojaat qilish joiz bo‘ladimi? Yuqoridagi hadisga to‘g‘ri kelib qolmaydimi?Ikkinchi savolim, kishi o‘z qayn-onasiga yuqoridagidek murojaat qilishi joiz bo‘ladimi? [/size]
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Joiz.

27 May 2022, 06:00 | Savol-javoblar | 173 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar