Farzandlarim xakkini ximoya kilmokchiman

Assalomu alaykum xurmatli ustoz!Axvol: Turmush kurganimizga 10 yil buldi. Shu 10 yil kaynonamdan zulm kurib keldim. Xayotim buzilib ketmasligi uchun xar kanday zulm va sitamga sabr kildim. Kaynonam erim bilan uning akasi, ya’ni kayni akamni ikki xil kuradi, ajratadi, va shu sababli bizni 2 ta uglim bilan uyda sigdirmayapti. Bizlarga chek olib chikarmokchi xam bulgan, lekin erim unamagan. Ikkita ugil farzandimiz bor, biri 9 yoshda, ikkinchisi 5 yoshda. Shu yillar farzandlarimni usti-kiyimi va ozik ovkatiga ota-onam yordam kilishdi. Erim topgan pulini onasiga beradi va bizga na kiyim olib beradi va na uyni issik-sovugidan xabar oladi. Namoz ukimaydi, ruza xakida eslamaydi. U pribaltikadan mashina olib kelib sotadi. Bir yilcha bulib koldi, kayni akam kaynonami gapiga kirib menga kul kutardi. Buni ukam eshitib kolib kelib mening tarafimni oldi, kayni akam bilan urushdi va meni uyga olib ketdi. Uyga kelganimizga mana 1 yil buldi, lekin usha toshbagir insonlar nevaralarini uylab xam kuyishmadi. Erim shu vakt ichida 3-4 marta kelib ketdi va xar kelganida – «Men sen bilan yashamayman, yukingni kelib olib ket» «Boshkasiga uylanaman» deydi. Kecha ayniksa: «Men 2-3 yilga rossiyaga ketyappan, yukingni kelib olib ket» deb turib oldi. Shamol kaerdan esayotgani menga ma’lum. Erimning ozgina oilasiga nisbatan javobgarligi, farzandlari oldida mas’uliyatini shu yillar ichida bilmadim. Meni u uyda yashab ketishga kuzim etmayapti. Erim shuncha yil yashab, farzand topib «suvdan kuruk chikib ketaveradimi?» Men farzandlarim xakkini talab kilsam buladimi, axir ularga uy-joy kerak. Ota-onamni uyida ukam kelin bilan yashaydi, ular bizga boshka uy olib bera olmaydi, magaram Allox xoxlasa. Bollarim kata bulsa xak yulni topib ketadi, inshaallox. Meni xovlidan da’voim yuk, u uy erimning nomida xam bulmasa kerak. Savol:Farzandlarim uchun olib kuyilgan erni (chekni) talab kilsam buladimi yoki boshka uy olib berishni talab kilsa buladimi? Ajrashib ketsak, erimning farzandlarimga nafaka tulab turishi shariatda buyurilganmi? Erimga shariat yana kanaka majburiyatlarni kuyadi mening va farzandlarimni xakkini ximoya kilishda? (ajrashadigan bulsak)(Internetdan izlab shariat bu xakida buyurgan mavzularni topa olmadim, bu saytda savolim kaytarilib kolmasligi uchun xam imkonim boricha javob izladim, lekin topa olmadim. Agar kurmay kolgan bulib, savolim kaytarilib kolgan bulsa sizdan uzr surayman). Allox sizni uz panoxida asrasin va ilmingizni oliy makomlarga kutarsin! Amiyn!Kirgizistondan bir mazluma ayol.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ajrashilgan chog‘da ham ayol iddasi chiqquncha, er uni nafaqa bilan ta’minlashi kerak. bolalarning ta’minoti esa doimo otaga bo‘ladi. Siz o‘zingiz aytgan narsalarni talab qilishga haqlisiz.

27 May 2022, 06:00 | Savol-javoblar | 185 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar