Talok haqida

va rahmatullohi va barakatuxu, muxtaram Ustoz! Axvollaringiz yaxshimi? ! Sog-omon yuribsizmi? ! Ustoz, ruxsat bersangiz bir savol bilan murojiat kilmokchiman. Savol bir vokea bilan boglik. . . Bir yosh oila, turmush kurishkaniga 2 yil bo‘lib koldi, u oilani ikala tarafi ham menga xesh bo‘lishadi(bularni dardini doston qilish uchun bu erga yozayotganim yok, balki sizdan bilib berishni iltimos, qilishdi). Shu er-xotinlarni orasiga oxirgi bir yilni ichiga kelishmovchiliklar bulyapdi. Kelishmovchiliklarni asosiy sababi kuyovni ikki xotinligi sabab bo‘lib turibdi. Birinchi xotin bir necha oy erini ikkinchi xotinini baxona qilib onasini uyiga kelib turdi. Orada telefon orkali, oraga odam kuyish orkali muzokara chanjallar bo‘lib turdi. Telefon orkali bo‘lgan muzokara janjallarning birida xotin eriga: "-meni javobimni bering! " deydi, jaxl ustiga er: "-senga 100 talok! " deydi. Bu gaplar ma’lum muddatgacha er-xotin tomonidan aytilmaydi. Muzokara qilishlik jiddiy suratda kattalarni muxokamasiga o‘tdi. Kattalarni qistovi bilan kuyov ikkinchi(ZAGS-dan utmagan) xotini bilan ajrashib 1-chisi bilan kayta yashamokchilik niyatini bildiradi. Kegin kelin-kuyovni ikkalalaridan ham utgan birnecha oyni ichiga talok degan gap ishlatilganmi yokligini suraladi. Ikkalalari ham "taloq" degan gap ishlatilganligi aytishadi ammo adadini aytishmaydi. Ularni gaplariga muvofik bir talok deb gumon qilinadiyu bar domloni topib nikoh qilib kuyiladi. Kuyov va’dasiga muvofik ikkinchi xotiniga 3-talok beradi(ikkinchi xotinidan 1 farzandi bor). Oradan 1 xaftalar o‘tkandan kegin kuyov:"-Men oldinrok birinchi xotinim bilan janjallinlik bo‘lib yurgan vaktimga unga :-100 taloq senga deganman" deydi. Masala shu erga kelib chigallashadi. Endi qanday yo‘l tutish kerak? ! Kuyovni aytishicha endi 1chi xotini bilan yashamokchi ekan. Yul kursating. . . va rahmatulloh!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu masalani diniy idoraga borib hal qilishsin.

21 Aprel 2022, 07:18 | Savol-javoblar | 169 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar