Samarqandiyni gapi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, internet tarmog‘ida aqiyda masalasida judayam ko‘plab tushunmovchiliklarga duch kelyapman, fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari rohmatullohi alayhni "Sunniy aqiydalar" kitobini o‘qib tushunishim bo‘yicha Imom Moturudiy e’tiqodida bo‘lsam Alloh Taologa makon bermasdan qaerdaligiga aralashmasligim mumkin ekan. Sodiq Samarqandiy profil ostida aqiyda va boshqa masalalarda o‘z darsliklarini berib kelayotgan shahs aytidiki "Abu Hanifa rohimahulloh aytganlarki: "Alloh Taolo osmonda, agar kimda kim Allohni osmondami osmondamasmi men bilmiman degan odam kofir bo‘ladi, men bilmiman unga kirishmiman degan odam kofir bo‘ladi" degan" deb. Savolim quyidagicha, shu ma’lumot qanchalar to‘g‘ri va Alloh Taolo qaerdaligini aytishga ojizman deb e’tiqod qilishim to‘g‘ri bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U odam noto‘g‘ri talqin qilibdi. Abu Hanifa rahmatullohi alayhning u gaplaridan Alloh bir makonda emasligiga shubha qilingan bo‘lib qoladi. Alloh makonda emasligi shak-shubhasiz. Shuning uchun kofir bo‘ladi deyilgan. Aniq osmonda demagani uchun emas. Abu Hanifa rahmatullohi alayh va u kishining zamondoshlari va u kishidan avvalgi o‘tganlar “Mutashobih oyat va hadislar haqligiga iymon keltiraman. Ulardan Alloh nimani iroda qilgan bo‘lsa haq, ilmini Allohga topshiraman” deb e’tiqod qilganlar. Buni tafviz deyiladi. Siz aytgan kishining gapidan shunga zid ma’no tushunilgan bo‘lsa bu noto‘g‘ri. Aslida bu masalani omma xalqqa mutlaqo yoymaslik kerak. Yuqoridagi “Mutashobih oyat va hadislar haqligiga iymon keltiraman. Ulardan Alloh nimani iroda qilgan bo‘lsa haq, ilmini Allohga topshiraman” degan e’tiqodda bo‘lish olimu-omi va barchaga kifoya qiladi. Hattoki imom Molik rahmatullohi alayh bu kabi masalalar va oyat va hadislarni ma’nolari haqida so‘z yuritish, so‘rash bid’at deb aytganlar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:53 | Savol-javoblar | 153 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar