Urf-odatlar
Assalomu alaykum! Alloh nasib qilsa, tez kunlarda singlim ona bo‘lish baxtiga musharraf bo‘ladi. Shu munosabat bilan onam to‘g‘ilajak bola uchun divancha, kiyim-kechak… Qaynotaga, qaynonaga, kuyovga sarpo… Shunga o‘xshash narsalarni olishlari kerak ekan. Xisoblab chiqsak 10 000 000 dan oshiq pul ketar ekan. Onam: «Hamma shunday qiladi, agar qilmasak singling gap-so‘zlar ichida qolib ketadi…», deb aytyaptilar. Bunga bizning imkoniyatimiz yo‘q. Xatto dadamning katta qarzlari bor. Men xozir savdo bilan sho‘g‘illanmoqdaman. Menda biroz bo‘lsa ham mablag‘ bor. Ammo 10.000.000 chiqmaydi. Imkonim boricha dadamning qarzlariga bermoqdaman. Onam mendan pul so‘ragan edilar bermayman dedim. Anvar qori Tursunov ham bunday ishlarni bas qilish kerak ekanligini tinmay ta’kidlamoqdalar deb tushuntirdim. Ammo tushunmadilar. Xullas onam mendan xafa bo‘ldilar. «Sendan qaytib pul so‘ramayman, umidimni uzdim», deb jahl qildilar. Avval ham so‘raganlarida bergan edim. Ramazonda qudalarni chaqirtirib iftorlik qilish kerak ekan. Oddiy birgina iftorga 1.000.000 ketganini ko‘rib pulimga achindim. Eng yomoni isrofga yo‘l qo‘yilgani bo‘ldi. Ustozlar, men qanday yo‘l tutay? Men bunday «urf-odatlarga» aslo qo‘shilmoqchi emasman. Agar men shunday bema’ni «urf-odatlar» uchun onamga va otamga pul bermasam gunohkor bo‘lmaymanmi? O‘zi dadamning katta qarzlari sabab, bir necha yillardan buyon azob chekib kelmoqdamiz. Qarz sababli uyda har kuni janjal.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Gunohkor bo‘lmaysiz. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 04:05 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Gunohkor bo‘lmaysiz. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 04:05 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush