Namoz vaqti kirganida safarga chiqish
Assalomu alaykum! Agar bir inson musofir yurtdan bir namoz vaqti kirganda chiqsa, va muqim yurtiga o‘sha namoz vaqti chiqmasdan turib etib kelsa namozni qaerda o‘qishi kerak? Yaqinda menda shunday holat bo‘ldi. Musofir erdan chiqayotganimda peshin namozi vaqti kirib qoldi. Aeroportda bo‘lganligim sababli u erda o‘qiy olmadim. Shundan so‘ng samolyotda ishora bilan qasr o‘qidim. Chunki etib kelganimda namozni oxirgi vaqti bo‘lardi va taxorat olib o‘sha erning o‘zida vaqtida o‘qishga imkonim bo‘lmasdi. Shu holatda to‘g‘ri qildimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar musofirlikda o‘qisa qasr o‘qiydi. Muqim bo‘lganida muqimning namozini o‘qiydi. Vaqti chiqmasa qaerda o‘qishning farqi yo‘q. O‘tirib o‘qish bilan namozning farzi bo‘lgan qiyom va qiblaga yuzlanish topilmaydi. Shuning uchun qayta o‘qib oling. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 15:40 | Savol-javoblar | 156 | Ibodatlar