RO‘ZADOR ODAM KASALLANIShI

Assalomu alaykum Shayx janoblari sizning maslaxatingiz kerak bo‘lyapti. Men ro‘za tutgandim biroq ro‘zaning ikkinchi kunidayoq sog‘ligim yomonlashib qoldi yani kam qonlik va o‘t yaxshi ishlamay oshqozonimda gostrit ham bor xolsiz bo‘lib o‘rnimdan turishga kuchim qolmaydi, lekin o‘zim ro‘za tutishni 11 oydan beri niyat qilib kutgandim biroq och qolmayman faqat organizmim bardosh bera olmagani uchun vaqtinchalik ro‘zani yubordim 2,3 kun davolanib tutish niyatim bor, shu davolanish muddatidagi kunlarimni keyin qaysi tarzda tutib berishim kerak yoki bunday xolda yani ro‘za tutish mumkin emasmi sog‘ligim yomonlashadigan bo‘lsa, doktorlarga qarasa menga mumkin emas deyapti biroq islomiy tushunchali doktor topib so‘rashim qiyin bo‘lyapti. Faqat o‘z xoxishim ro‘zadan benasib qolish niyatim yo‘q.Menga maslaxat bering ILTIMOS.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘zingizga qarang. Dard ziyoda bo‘lsa yoki tuzalishi ortga suriladigan bo‘lsa, ro‘zani qazo qilib, tuzalganda tutishga ruxsat bor.

27 May 2022, 06:09 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar