Koreyaga ketadiganlarga hisobiga vaqtincha pul qo‘yib berish

Assalomu alaykum! Koreya davlatiga o‘qishga ketish uchun bankka katta summa qo‘yish kerak. Ma’lum xaq evaziga. Mana shu summani bankka vaqtincha qo‘ydirish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz emas. Dinimizda qarz berib ustamasi bilan olish sudxo‘rlik hisoblanadi. Ma’lum muddatga hisobiga o‘sha summani qarzga tashlab berib, olishda xizmat haqi deb ustama olishi sudxo‘rlikdan boshqa narsa emas. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 12:56 | Savol-javoblar | 156 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar