Namozda avrat ko‘rinsa
Assalomu alaykum! Peshin namozi paytida 4 safda sunnatga niyat qilib namozni boshladim. 3 safda ro‘paramda bir yigit rukuga ketgan paytida orqa kiyimi kalta bo‘lgani sabab badani ko‘rinib qolaverdi. Qaramaslikka xarakat qildim ammo baribir ko‘z tushib qolaverdi. Farz namozidan oldin astagina qulog‘iga “birodar iltimos ort safga o‘tib oling bu kiyimngiz kaltaroq ekan” dedim. U joyida turib davom etdi, farzda xam shu xol bo‘ldi. 2 rakat sunnatda men o‘zim ort safga o‘tib oldim. Namozdan so‘ng “birodar ming bor uzr mendan rozi bo‘ling xafa qilgan bo‘lsam” deb uzr so‘rasam rozi emasman deb jaxl qilib ketib qoldi. Juda yomon axvolda qoldim. U inson oldida qarzdor bo‘lib qoldimmi? Namozda boshqaning avratiga ko‘z tushsa namoz buzilmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz to‘g‘ri gapni aytibsiz. Sizni namozingiz buzilmaydi. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 00:01 | Savol-javoblar | 166 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz to‘g‘ri gapni aytibsiz. Sizni namozingiz buzilmaydi. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 00:01 | Savol-javoblar | 166 | Namoz