Nikoh harom bo‘lishi

Assalomu alaykum! Agar er mast holatida o‘z qiziga shahvat bilan nazar solsa xotini unga harom bo‘ladimi? Agar yigit bir ayolga shaxvat bilan nazar solsa o‘sha ayolni qizi unga harom bo‘ladimi? Aytgan shu savollarga javobni fiqh.uzni “Hurmati musoxarat” mavzusida topa olmadim. Javobingiz uchun rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shahvat bilan nazar qilishi ila harom bo‘lmaydi, lekin shahvat bilan ushlasa harom bo‘ladi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 04:06 | Savol-javoblar | 164 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar