Etimning haqqi omonat
Assalomu alaykum! Ukamni sigiri bor edi. Oilaviy bu sigirning mahsulotidan foydalanar edik. Ukam Alloh rahmat aylasin olamdan otib qoldi. Kelinim va qizi o‘z ota hovlisiga akasini uyiga ketishdi. Ukamni qizi va kelinimdan habar olib turaman. Ukamning sigiri menda qoldi va sigir kasal bolib o‘lib qoldi, bolasi buzoqcha menda qoldi. Men uni boqib katta qilib boqib qarayapman sogib ichayapmiz bollarini ham boqib katta qilayapmiz bir necha yillardan beri. Sigirni hozirda 2-3 yildan beri sharoitimiz yilning yahshi kelmayotgani sababli moddiy qiyinchiliklar keltirib chiqarayapti. Sotsam nima qilaman? Sizdan iltimos qanday yo‘l tutsam to‘g‘ri bo‘ladi: Sotsam omonat bo‘lmasada omonat deya miyyamda bong urib turibdi. Nima qilishimni bilmayman jiyanimga olib borib beray desam anchayin uzoq va sharoiti yo‘q. Bersam buzoqlarini ham berishim kerakmi? To‘g‘ri yo‘l ko‘rsating. Etimni haqqini eb qo‘ymadimmi? Juda og‘ir holatdaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vafot etgan kishining barcha moli merosxo‘rlar o‘rtasida shariat ko‘rsatmalari bo‘yicha taqsimlanishi shart. Siz darhol o‘zingizga yaqin erdagi meros ilmidan xabardor ahli ilmga murojaat qiling. Buzoq ham o‘sha sigirga tobedir. Vallohu a’lam!
28 May 2022, 22:15 | Savol-javoblar | 165 | Halol va harom