Juma kuni bayram sifatida nishonlash

Assalomu alaykum! Uydagilarimi davat qilish uchun juma kuni ularni tabriklab, Juma kuniga xoslab xar xil shirinlik pishirtirishim to‘g‘rimi? Niyatim din xaqida mavzu ochib davat qilish. Chunki odatda xox nonushta bo‘lsin yoki kechki ovqat bo‘lsin ko‘p bekor gaplar g‘iybat bo‘ladi. O‘zimdan din xaqida gap boshlasam ularga yoqmasligi mumkin. Xozi nafl ro‘za tutyapman. Shu iftorlik paytida boshqalar ro‘za tutishmasa xam, sen og‘zingni och keyin ovqatlanimiz deb meni kutib o‘tirishadi. Iftorlik vaqtida shu din xaqida gapni o‘zlari boshlaydilar. Ularga ko‘proq savob xaqida aytishga xarakat qilaman. Shuning uchun Juma kuni nonushtaga ular bilan birgalikda Juma kuni fazilati yoki mustajob duo vaqti xaqida mavzu ochib gapirmoqchi man. Shu ishni qilishimga shariat xukmini bilmoqchi edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Ahli oilangiz dinga mahkam bo‘lgan, ixlosli, ibodatli ayollar bilan hamsuhbat bo‘lib yurishsa ham qalblari dinga ulfat bo‘lishi engil bo‘ladi. Vallohu a’lam!

28 May 2022, 22:05 | Savol-javoblar | 196 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar