Qo‘shnini uyga kirsang uch taloqsan desa
Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im qo‘shnini uyiga kirsang 3 taloqsan dedi. Yosh bolaliman bolam qo‘shnini uyiga qochib ketadi majbur bo‘lib kirsam oramizga taloq tushadimi? Agarda taloq tushsa qanday yo‘l tutishim kerak? Eshtishimcha taloq tushsa oldin boshqani nikohiga kirib keyin yana erim bilan nikoh o‘qilishi rostmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloqni biror shartga bog‘lansa o‘sha shart topilishi bilan taloq tushadi. Agar “qo‘shnini uyiga kirsang 3 taloqsan” deganidan keyin kirgan bo‘lsangiz oralaringizga uch taloq tushib bo‘lgan. “Eshtishim bo‘yicha taloq tushsa oldin boshqani nikohiga kirib keyin Yana erim bilan nikoh o‘qilishi rostmi?” debsiz, bu noto‘g‘ri gap. 3 taloqdan keyin avvalgi eriga qayta nikohlanishi joiz bo‘lishi uchun boshqa bir kishining nikohiga kirishi kifoya qilmaydi, u bilan jinsiy aloqada bo‘lishi va tabiiy ravishda ajrashib iddasi chiqishi ham shartdir. Vallohu a’lam!
30 May 2022, 16:15 | Savol-javoblar | 191 | Oila va turmush