O‘yin mavzusidagi telegram kanal

Assalomu alaykum! Men o‘yinlar mavzusiga oid telegram kanal boshqarar edim. Kanalda foydali ma’lumotlar va yangiliklar yoritib borilar edi. Kanal boshqa kanallarga nisbatan sifatli boshqarilgani uchun kanalda reklama qo‘ymoqchi bo‘lganlar talaygina edi. Men shu reklama orqali pul ishlar edim. Lekin bir tanishim buni xarom dedi. Ushbu kanal orqali boshqalarni vaqtini olayotganimni aytdi, ammo kanalga hech qanaqa yomon narsa tashlanmagan. Aniq, foydali ma’lumotlar va boshqa sifatli kontenlar tashlanar edi. Eslatib o‘taman biz ushbu kanal orqali hech nimani da’vat qilmaganmiz. Kanalni sifatli boshqarganimiz uchun odamlar o‘zlari obuna bo‘lishgan bu bilan biz hech kimni hech narsaga majbur qilmaganmiz demoqchiman. Asosiy savol: O‘yinlar mavzusidagi kanal boshqarib, undan reklama orqali foyda olish xarommi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha kanalingizni bizga ko‘rsating. Qanday o‘yinni nazarda tutayotganingiz va qanday ma’lumotlar joylayotganingizni ko‘rib xulosa beramiz. Vallohu a’lam!

30 May 2022, 16:25 | Savol-javoblar | 153 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar