1 honadonda 2 oila

Assalomu alaykum! Biz green sard yutganmiz va shu kunlarda oilam bilan amerikaga yol olyabmiz. Amerikadan bo‘sh uy topish ancha muammo bo‘lyabdi. Bo‘sh uy topilsa ham ancha qimmatga tushib ketyabdi. Hozir amerikadan bir uzbek vatandoshimiz bilan tanishib qoldik. U insonning oilasi uzbekistonda ekan o‘zining amerikada shahsiy uyi bor ekan. Uyi 3 etajlik 5ta yotoqhona 5 ta hammom tualet va 2 ta oshxonasi bor katta uy ekan. Shu uyda uy egasi bir o‘zi turar ekan. Shu inson agar uy topa olmasangiz o‘zingiz uchun alohida uy topguncha kelib uyining qaysidur bir honasida yashab turishingiz mumkun deb aytmoqda. Va uy egasi bir oydan so‘ng ozbekistonga kelib bu erda 2 oy turib keyin oilasini olib amerikaga qaytar ekan. Aytishi boyicha uy egasi kunduzi bilan ishda kechasi uyda bolar ekan. Bizni ikkita farzandimiz bor biz avvaliga ayolim bilan borib 2 3 oy ishlab keyin farzandlarni olib ketmoqchimiz. 1savol. begona insonning uyida oilam bilan 1 oy yashab tursam boladimi shariatan joiz boladimi 1 oydan song uy egasi uzbga qaytadi va uyda ayolim ikkimiz qolamiz . 2savol. O‘zga yurtda men alohida ishda ayolim alohida ishda ishlasak bo‘ladimi (faqat o‘zbek ayollar ishlaydigan va erkak kishi yo‘q joylarda bo‘lsagina ruhsat beraman) iltimos shu masalalarda atroflicha o‘rganib chiqib javob bersanngiz. Tezroq ketmoqchi bo‘layotganimizni sababi vizani ham amal qilish muddati bor agar biz bu muddat ichida chiqib ketolmasak visamizga kuyib qolamiz. Va shu kungacha qilgan barcha harajatlarimizga kuyamiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bir uyda ikki oila yashashi, ayollar nomahramlar bilan yolg‘iz qolmasligi, ehtiyojsiz ularning ko‘ziga ko‘rinib, keraksiz muloqot qurib fitnaga solmasligi, zinoga olib boruvchi biror ishni qilmasliklari sharti bilan joiz.2). Ayol kishi eridan alohida erda ishlashi joiz. Bunda ham nomahramlar bilan yolg‘iz qolmasligi shart qilinadi. Vallohu a’lam!

30 May 2022, 17:15 | Savol-javoblar | 160 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar