Go‘dakning qolgan kiyimlari

Assalomu alaykum! 1oy oldin bir dugonamning 3 yoshli qizi 3-qavatdan yiqilib halok bo‘ldi. Men homiladorman, tug‘ish kunim yaqin, doktorlar xomilamni qiz deganini eshitgan dugonam o‘lgan qizini kiyimlarini yig‘ib manga tashlab ketdi. Qaytarib yuboray desam ko‘ngli og‘riydi deb olib qoldim, lekin ko‘pchilik kiydirma deyapti. Farzandim qiz tug‘ilsa kiydirsam halolmi? Yosh o‘lgan odamni kiyimini kiydirish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U kiyimlar ham merosxo‘rlarning haqqi bo‘li, dugonangiz bilan erining haqqi hisoblanadi. Eri rozi bo‘lsa kiydirishingiz mumkin. Kiyimda o‘likdan qolgan tirikdan qolgan degan narsa yo‘q. Kiydirma deyayotganlarni asosi yo‘q. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:53 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar