Tanglay ko‘tarish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ko‘p kitoblarda yangi tug‘ilgan chaqaloqni tanglayini ko‘tarishda hurmo mevasidan foydalanish aytiladi. Bu ishni qanday amalga oshirish qanday duolar o‘qish haqida batafsil ma’lumot bersangizlar. Alloh ilmingizga va umringizga baraka bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Buni hech qanday maxsus duosi ham qiladigan kishisi ham yo‘q. Biror shirinlikni olib, barmoq uchida bolaning tanglayiga tekazib qo‘yiladi. Bu vaqtda bolani haqqiga duo qilish sunnat. Madinalik musulmonlar o‘zlarining go‘dak bolalarini doimo Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam huzurlariga olib kelar edilar. U zot sollallohu alayhi vasallam esa ularni qo‘llariga olar, o‘pib-erkalar, tanglaylarini ko‘tarar va haqlariga duo qilar edilar. Vallohu a’lam!

22 Aprel 2022, 07:17 | Savol-javoblar | 180 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar