Yolg‘iz namoz o‘qiyotganda birov kelib qo‘shilsa

Assalomu alaykum! Agar kishi bomdod, shom yoki xufton namozlarining farzini qiroatini xufiya o‘qiyotgan bo‘lsa (yakka o‘zi) rakat o‘rtasida iqtido qiluvchi biror kishi kelib qolsa qanday yo‘l tutadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Fiqhiy kitoblarda 1 rak’atda ham maxfiy ham jahriy jamlanmasligi uchun bunday holatda qayta “Fotiha”dan boshlab  jahriy qiladi – deylgan. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 04:06 | Savol-javoblar | 159 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar