Xadis haqida

Assalomu alaykum! Men Rasululloh s.a.v. ni munkar ishni ko‘rsangiz qo‘lingiz bo‘masa tilingiz bilan qaytaring eng kamida dilingizda yomon ko‘rib turing degan hadislarini o‘qigandm. Men bir yangi sinfga borgandim u erda bollar qizlar bilan hunuk ishlar qilishadi, men bu sinfga endi qo‘shlib turib yana ularga tanbeh berolmadm, men bu hadisga amal qilishda juda qiynalyabman, ko‘chada yurganmda notanish odamlar sigaret chekishsa, kimdur so‘kinsa ularni hammasini qaytarishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nasihatingiz manfaat berishi mumkin bo‘lgan har qanday holda munkardan qaytarishingiz lozim. Buning ortidan sizga zarar etishi ehtimoli bo‘lmasa bas. Vallohu a’lam!

7 Iyun 2022, 19:22 | Savol-javoblar | 179 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar