Ramazon kechalari va ota-onani roziligiga erishish

Assalomu alaykum! 1) Kunlar hisobi bo‘yicha sananing birinchi tuni kirib keladimi yoki kunimi? Ya’ni masalan Ramazonning 21-kuni qaysi vaqtdan boshlanadi? 25-may kunini shomidanmi, yoki 26-mayning bomdodidanmi? 2) O‘qishni tugatganimga 1 yil bo‘lgani yo‘q. Uylanganman. Mutaxasisligim bo‘yicha ishlab boshlagandim, lekin ishim Vaxta ko‘rinishida bo‘lganligidan, ancha vaqt, 3 oygacha oilamdan uzoqda bo‘lishimga to‘g‘ri kelardi. Shuning uchun chin dildan taqvo uchun ishimni tashlab, masjidga yaqin joyda o‘qish davrida qilib yurgan savdoim bilan shug‘ullanib nafaqai ro‘zg‘orimga etgulik savdo qila boshladim. Tabiiyki otam uydagilar judayam qarshilik qilishdi, oilamda diniy bilim saviyasi havas qiladigan darajada emas. Hozir Alloh guvoh ishlarim sustlashgan, qiyinchilikni ustidaman, sabrdaman alhamdulillah. Borgan sari ularning gaplari, pisandsizliklari, pastga urishlari ortib hattoki men bo‘lmasam ochdan o‘larding degan aybli gaplarga ham etmoqda. O‘shandan beri qalbimizni rosa rosa ko‘p ranjitishgan. Ota-onamni xursand qilishlikka, ularni ranjitmaslikka doimo harakat qilaman, tortishmayman. Ularni duolarini olishlikka harakat qilaman. Shariat bo‘yicha men xato qilmaganmanmi? Bu qiyinchiliklar menga jazo yoki sinovmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Yakshanba kuni quyosh botgach dushanba kechasi boshlanadi.
2). Albatta sinov. Bir halol sohani etuk mutaxassisi bo‘lishga harkat qiling. Xoh u savdo bo‘lsin yoki boshqa kasb. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 05:32 | Savol-javoblar | 142 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar