Bolalar

Assalomu alaykum! Yosh bolalar ko‘ziga farishtalar jinlar pardasiz ko‘rinishi rostmi? 2. Imom domlalar maruza paytida oyat etmoqchi bo‘lishsa bismillahsiz astag‘zubillah diyishadi. Shu so‘zi manosni etolisizmi, nega unaqa etiladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bunday gap yo‘q. 2). Bu ta’avvuzning bir shakli bo‘lib, ma’nosi “Allohning nomi ila panoh so‘rayman”. Qur’on oyatlarini o‘qishdan oldin “ta’avvuz” aytish to‘g‘risida “Nahl” surasining 98-oyatida shunday deyilgan:
«Qur’on o‘qigan chog‘ingda, Allohdan quvilgan shayton(sharri)dan panoh so‘ragin».
Ya’ni avval «A’uuzu billahi minash shaytonir rojiym»ni aytib turib, keyin Qur’on qiroatini boshlagin. «A’uuzu billahi»ni aytish Qur’oni Karim tilovati uchun tilni poklaydi. Kishini Allohning kitobi Qur’oni Karimni o‘qishga tayyorlaydi. Shaytonning vasvasasidan saqlaydi. Butun vujudi va shuurini Alloh tomon buradi. Ushbu oyati karimadan ulamolarimiz Qur’on o‘qishni boshlamoqchi bo‘lgan har bir insonga «A’uuzu billahi»ni aytish vojibligi hukmini chiqarganlar. Chunki Alloh shunga amr qilmoqda. Allohning amri har bir mo‘minga vojib. Uni qilmagan odam gunohkor bo‘ladi. («Tafsiri Hilol» kitobidan).  Vallohu a’lam!

16 Iyun 2022, 22:17 | Savol-javoblar | 193 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar