"Hayz davridagi yaqinlik"mi?

Allohga beadad hamdlar bo‘lsin. Rasulimiz Muhammad mustafa s.a.w ga va ularning ahllari hamda as‘hoblariga durud-u salovatlar bo‘lsin!Hurmatli Shayh xazratlari sizga 1 savolim bor edi,bu savolni sizga,ya‘ni erkak kishiga berish men uchun juda og‘ir... Lekin shariatda sharm yo‘q deyilganku ahir?! alhamdulillahi Robbil a‘lamin!Savolim shundan iborat-ki,men yaqinda turmush qurgamman , to‘yimga 4-5 oycha bo‘ldi.to‘yimdan keyin hayz tsiklim buzilgan chog‘i , birda 6 kun, birda 5 kun, birda 7 kun hayz ko‘rdim..shular orasida 4 kun hayz ko‘rdim va vedilina ko‘rdim,men hayzim tugadi deb o‘ylagandim(odatda vedilina kelsa,hayz tugagan hisoblanadi,qizligimda shunaqa edi) va turmush o‘rtog‘im bilan birga bo‘ldim. Oradan bir kun o‘tib yana hayzim kela boshladi :(Men ikkilanib qoldim "hayz davrimda qo‘shildimmi?"- deb,hayzim yana 2 kun keldi ,so‘ngra tugadi.shu oradagi 1kun(hayzim kelmagan kun)-hayz kunlarim hisobiga kiradimi? agar kiradigan bo‘lsa,men erim bilan qo‘vushganmanku?bunda qanday yo‘l tutiladi?sizdan Alloh rozi bo‘lsin,Sizni Alloh o‘z panohida asrasin!bu ish ustida juda ko‘p o‘yladim,izlandim,gunoh qilib qo‘ydimmikan degan hadik bilan yashayapman..javobingizni intizorlik bilan kutaman.Alloh rozi bo‘lsin sizdan!Oldindan javobingiz uchun tashakkur!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bilmaganingiz uchun uzr bo‘ladi. Bundan keyin aniqlab olish kerak.

29 Aprel 2022, 04:16 | Savol-javoblar | 177 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar