XATO YoKI TUShUNMOVChILIK
Biz bani Isroilni dengizdan o‘tkazganimizdan keyin ularga zulmu zo‘ravonlik qilish uchun Fir’avn va uning lashkarlari quvib etdi. Endi unga (Fir’avnga dengizda) g‘arq bo‘lish (payti) etganida esa, u dedi: «Hech qanday iloh yo‘q, magar bani Isroil iymon keltirgan Zot – Allohgina borligiga iymon keltirdim. Men musulmonlardandirman – Allohga bo‘ysinuvchilardandirman» Yunus surasi, 90-oyatAmmo Alloh Taolo fir’avning kechikkan tavbasini qabul qilmadi. Endi-ya! Axir sen ilgari (ya’ni shu paytgacha) itoatsizlik qilgan va buzg‘unchi kimsalardan bo‘lgan eding-ku!Mana bugun o‘zingdan keyingi kishilarga oyat-ibrat bo‘lishing uchun Biz sening jasadingni qutqarurmiz. Darhaqiqat ko‘p odamlar Bizning oyatlarimizdan g‘ofildirlar (ya’ni ulardan ibrat olmaydilar). Yunus surasi, 91-92-oyatlarOyati karimada fir’avnning jasadi kelgusi avlodlarga ibrat bo‘lishi uchun saqlab qolinishi, ya’ni uning jasadi chirimasligi, buzilmasligi aytilgan. Darhaqiqat, fir’avning mo‘miyolangan jasadi bugungi kunda qohira muzeyida fir’avnlar sag‘anasida saqlanmoqda. Bu nodir eksponat muzeyga tashrif buyurganlar uchun tarixiy ibrat sifatida namoyish qilinmoqda. Qur’oni Karimda zikr qilingan va o‘n to‘rt asr muqaddam insoniyatga nozil qilingan haqiqat ana shunday tasdiqlandi.[..Mana, dunyoda boshqa o‘xshashi yo‘q o‘sha mo‘’jiza. Britaniya mo‘zeyida saqlanayotgan 3500 yillik bu jasad inson aql-idrokini titratib yuboradi, lol qoldiradi...Ko‘hna dunyo tarixiga qiziquvchilar qadim Misrda o‘zini xudo deb e’lon qilgan Fir’avnning qilmishlarini yaxshi biladilar. Qur’oni karimda, jumladan, "Yunus" surasida bu haqda maxsus ma’lumot va hukmlar ham bor. Uch ming yil muqaddam yuz bergan dahshatli voqealarning sadosi ashyoviy dalil sifatida... Inglizistondagi muzeylardan birida saqlanayotgani har qanday odamning aqlini lol qoldiradi!Londondagi mashhur Britaniya muzeyini tomosha qilganlarni hayratga soladigan va e’tiborini tortadigan bir ko‘rgazma bor. U - oyna ichida saqlanayotgan sajda holatida qotgan bir insonning jasadidir. Shunisi hayratlanarliki, bu jasad bo‘limdagi boshqa jasadlardan keskin farq qiladi: mo‘miyolanmagan, dorilanmagan, shunga qaramay, barcha a’zolari o‘z holicha saqlangan. Hatto jasadning sarg‘aygan sochlari va soqollari ham bemalol ko‘rinadi.Jasadlarning bir necha haftadayoq batamom buzilishi ma’lum haqiqat, biroq, ajabo, oradan uch yarim ming yil o‘tgan bo‘lishiga qaramay bu jasad nega chirimagan, buzilmagan? Hatto mo‘miyolangan jasadlar ham ma’lum vaqt o‘tgach buzila boshlaydi - buni fan isbotlagan. Unda bu jasadning buzilmagani siri nimada?Bu sirni bizga muqaddas kitobimiz - Qur’oni karim oyatlari ochib beradi. Shu asnoda Qur’onimizning betakror, muqaddas mo‘’jiza ekanligi yana bir bor isbotlanadi.Qur’oni karimdagi oyatlar Hazrati Muso alayhissalomning Fir’avn bilan olib borgan kurashlarini ibratli tarzda tushuntirib beradi.Hazrati Muso alayhissalom miloddan 1200 yillar, ya’ni, bundan uch yarim ming yillar avval yashaganlar. O‘sha paytlarda ham yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasida kurash davom etgan. Ma’lumki, Fir’avn Muso alayhissalomning eng ashaddiy dushmanlaridan edi. Tug‘ilajak bir o‘g‘lon ulg‘aygach, uni o‘ldirishi va saltanatni yiqitajagi tushida ayon bo‘lgan Fir’avn, yangi tug‘ilgan hamma o‘g‘il chaqaloqlarni o‘ldirishga buyruq beradi. Ammo Alloh taolo o‘sha paytda tug‘ilgan Hazrati Muso alayhissalomni o‘z himoyasiga oladi va uni o‘zining rasuli deb e’lon qiladi.Fir’avning u zotga qarshiligi Muso alayhissalom payg‘ambarlik maqomiga ko‘tarilganlaridan keyin yanada keskinlashadi va tezlashadi. ShU MAQOLADA 2 HIL SURAT BOR VA 2 HIL MALUMOT BULARDAN QAYSI BIRI FIRAVN ? TOGRIROGI QAYSI BIRI MUSO A.S DAVRIDAGI FIRAVN? ShUNKI BIRINChISIDA JASAD ANGLIYADA ,IKKINChISIDA MISRDA DIYILINVOTTI BOTTA MAN TUShUNMADIM ShU LINKDA BATAFSIL BOR https://islom.uz/content/view/535/115/ , https://islom.uz/content/view/1585/115/
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Muso alayhissalom davridagi Fir’avn Misrda bo‘lgan va o‘lgan, keyin uning o‘ligini Angliyaga olib ketishgan.
29 Aprel 2022, 04:17 | Savol-javoblar | 153 | Qur’oni karim
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Muso alayhissalom davridagi Fir’avn Misrda bo‘lgan va o‘lgan, keyin uning o‘ligini Angliyaga olib ketishgan.
29 Aprel 2022, 04:17 | Savol-javoblar | 153 | Qur’oni karim