Kiyimni axamiyati
Assalomu alaykum! Yonboshimdan ukol olganimda, qon chiqqan joyiga paxta (yoki spirtli qog‘oz) qo‘ygan edim, lekin barbir ichki kiyimimga ozgina qon tegibdi, nechi martalab yuvsam ham asorati ya’ni izi bilinib qolib ketdi. Shu ich kiyim bilan namoz o‘qiyversam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday kiyim bilan namoz o‘qisa bo‘ladi. Najosatni yuvib tashlaganidan so‘ng, ketishi qiyin bo‘lgan asari qolishining zarari yo‘q. "Kifoya" kitobida quyidagicha deyilgan:
Narsa ko‘rinadigan najasdan suv va har qanday ketkazuvchi suyuqlik bilan najasning o‘zini ketkazish ila pok bo‘ladi. Badangami, kiyimgami, makongami yoki boshqa biror narsagami, ko‘zga ko‘rinadigan najas tegsa, o‘sha narsa uni ketkazish ila poklanadi. Shu bilan mazkur narsa pok bo‘ladi. Ko‘ngilni ravshan qilish uchun ketidan yana bir-ikki marta yuvib tashlashni maslahat bergan faqihlar ham bor. Bu hukmning dalili quyidagi hadisdan olingan: عَنْ أَسْمَاءَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: جَاءَتِ امْرَأَةٌ إِلَى النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم فَقَالَتْ: إِحْدَانَا يُصِيبُ ثَوْبَهَا مِنْ دَمِ الْحَيْضَةِ كَيْفَ تَصْنَعُ بِهِ؟ قَالَ: تَحُتُّهُ ثُمَّ تَقْرُصُهُ بِالْمَاءِ ثُمَّ تَنْضِحُهُ ثُمَّ تُصَلِّي فِيهِ . رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Asmaa roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Bir ayol Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: «Bizdan birimizning kiyimiga hayzning qonidan tegib qoladi. Uni qanday qilish kerak?» dedi. Ul zot sollallohu alayhi vasallam: «Uni ishqalaydi, so‘ngra suv bilan ishqalaydi, keyin esa suv bilan yuvadi, ana shundan keyin unda namoz o‘qiyveradi», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilishgan.
Garchi ketishi qiyin bo‘lgan asari qolsa-da. Ya’ni najosatni ketkazib, uni yuvgandan keyin biror izi qolsa ham zarari yo‘q. Ammo sovun yoki unga o‘xshash vositalar yordamida asarini ham ketkazib yuborilsa, yana ham yaxshi bo‘ladi.
Asari ko‘rinmaydigan najasdan agar imkoni bo‘lsa, uni uch marta yuvib, siqish bilan pok bo‘ladi. Bunga peshob va shunga o‘xshash najosatlar kiradi. Dalili quyidagicha: عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: إِذَا اسْتَيْقَظَ أَحَدُكُمْ مِنْ نَوْمِهِ فَلَا يُدْخِلْ يَدَهُ فيِ الْإِنَاءِ حَتَّى يَغْسِلَهَا ثَلَاثَ مَرَّاتٍ، فَإِنَّ أَحَدَكُمْ لَا يَدْرِي أَيْنَ بَاتَتْ يَدُهُ أَوْ أَيْنَ كَانَتْ تَطُوفُ يَدُهُ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Birortangiz uyqusidan uyg‘onsa, qo‘lini uch marta yuvmasdan turib, uni idishga solmasin. Chunki birortangiz qo‘li qaerda tunaganini bilmaydi yoki qo‘li qaerda aylanganini bilmaydi», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilishgan.
Hanafiy mazhabi ulamolari pokligi gumon bo‘lgan narsani uch marta yuvish zarurligini mana shu hadisdan olishgan.
Buning imkoni bo‘lmasa, yuvib, suv tommaydigan bo‘lgunicha tark qilinadi, keyin yana shunday qilinadi, so‘ngra yana shunday qilinadi. Vallohu a’lam!
19 Iyun 2022, 18:32 | Savol-javoblar | 155 | Namoz