Onlayn Platforma
Assalomu alaykum! Bir bir platforma yaratdik va u platformada bir loyiha qilmoqchimiz. Loyihaning qisqa mazmuni: Loyiha musobaqa shaklida bo‘lib, yil davomida misollar berib boriladi, va loyihada qatnashish tekin. Loyihada misollar qiyinlik darajasida o‘sib boradi va ishtirokchi biror savolga to‘g‘ri javobni bilmasa keyingi savolga o‘ta olmaydi va yil davomida kim ko‘proq masala echgan bo‘lsa g‘olib bo‘ladi. Shu erda biz admin va misol tuzuvchilarga oylik chiqarib berish uchun quyidagicha yo‘l tutmoqchimiz. Ishtirokchi echolmay to‘xtab qolgan misoliga ko‘rsatma (to‘liq echim emas) olishni pullik qilib qo‘yamiz (masalan 1 ming so‘m). Yil yakunida eng yaxshi natija qayt etganlarga qimmatbaxo sovg‘alar (masalan komputer, muzlatkich, ...) beriladi. Sovg‘alar yil boshida beriladi va ishtirokchilar puli faqat hodimlarga va platformaga sarflanadi (mukofot pullariga umuman aralashtirilmaydi). Shunday loyiha qilsak to‘g‘ri bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz emas. Bu qimorga aylanib ketadi. Biron ahli ilm oldiga borib tafsiloti bilan masalangizni bilib oling. Vallohu a’lam!
19 Iyun 2022, 19:52 | Savol-javoblar | 187 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz emas. Bu qimorga aylanib ketadi. Biron ahli ilm oldiga borib tafsiloti bilan masalangizni bilib oling. Vallohu a’lam!
19 Iyun 2022, 19:52 | Savol-javoblar | 187 | Moliya va tijorat