Erim to‘g‘ri qilyabtilarmi

Assalomu alaykum! Onam betoblar vrachlar operatsiya deyishgan, lekin onam ko‘nmayabtilar 8 marotaba operatsiya bo‘lganman buni ko‘tarolmayman deyabtilar. Uning ustiga oyoqlarining suyagi emirilib ketgan, yursalar oyoqlariga suv yig‘ilyabti, yiringli va qattiq og‘riydi. Yurish qatiyan man qilingan faqat xojatga chiqadilar. Avvalari har borganimda Allah guvoh doim uy joylarga qarab to‘g‘ralab kelaman, yolg‘iz qiz farzandman, 1ta akam borlar, kelinoyim ham qaraydilar, lekin doim borsam uylar to‘zib ketgan qaralmagan bo‘ladi. Indamay tozalab, onamlarga qarab kelar edim. Savolim: xo‘jayinimlarga tez-tez havar olib tursam deyman, onamning jonlari omonat bo‘lib qolgan. Mayli 1 oyda desangiz ham 1 kechaga boray onamlarga qaray desam yo‘q deb turib olganlar. Axir sizning onangiz ham bor, ular betob bo‘lsalar men qarayman boshqa qaraydigan odam yoqku, yolg‘iz farzandsizku siz ham. Men esa yolg‘iz kelinmanku, desam ham chunmayabtilar. Men to‘g‘ri qilyabman deb qaysarlik qilyabtilar. Xo‘jayinim onamlarning xollaridan xavar olmaslika qarshilik qilib to‘g‘ri qilyabtilarmi? Bordiyu noto‘g‘ri bo‘lsa yo‘l ko‘rsating qanday chuntiray?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Eringiz qaysarlik qilayapti ekan, onangizni xizmati sizga vojib. Bizni javobimizni eringizga ko‘rsatib qo‘ying. Zolimlik qilmasin. Har haftada bir borib xizmatini qilib kelishga haqqingiz bor. Eringiz qaytarishga hech qanday haqqi yo‘q. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:50 | Savol-javoblar | 196 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar