Katta muammo

Assalamu Alaykum Shayx Hazratlari!Menda, aniqrog‘i, do‘stimda tushunmovchilik bulayapti. Do‘st boshiga tashvish kelsa biz bekor qarab turmaymizku. U hozir chet-elda o‘qiydi, Oxirgi gaplari, yozgan xatlari orqali men undan gumonlanib qoldim, chunki u, asosan, Buddha haqida gapiradigan, uning gaplari bilan xat yozadigan bo‘lib qoldi. Keyin men unga tushuntirishga harakat qildim. Islomdan boshqa dinlar mukammal emas, qolgan dinlar insonlar tomonidan o‘ylab chiqilgan din deb , shu kabi so‘zlar bilan tushuntirdim. U esa men musulmonman dedi, keyin esa har kimning o‘z fikri bor deb aytdi. Menimcha hozir u ikki o‘t orasida turganday turubdi !Shayx Hazratlari : 1) meni qilganim , yani unga tushuntirmoqchi bo‘lganim to‘g‘rimi ? ? ? 2) bunday holatda men nima qilishim kerak ???Shayx Hazratlari iltimos bizni duo qilib qo‘ying, biz duoga juda muhtojmiz !!!!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. To‘g‘ri.2. Tushuntirishda davom eting.

3 May 2022, 06:09 | Savol-javoblar | 182 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar