Al-Mutakabbir ismi

Assalomu alaykum! Bizga ma’lumki, Allohning Al-Mutakabbir ismi mavjud. Bu ism Kibiryosi va Ulug‘ligi mubolag‘ali Zot, Uning oldida boshqalar qul bo‘lib turadigan zot degan ma’noni anglatadi. Hozirgi kunda muomalada ham Mutakabbir so‘zi qo‘llaniladi. Lekin bu so‘z negativ ma’noda ishlatiladi. Shu qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U bandalarga nisbatan yomon sifat hisoblanadi. Allohga nisbatan emas, chunki Alloh ulug‘likka loyiq Zot. Bandalar kabi ojiz bo‘laturib ulug‘likni da’vo qiladigan Zot emas. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 06:45 | Savol-javoblar | 174 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar