Xom suv haqida

Assalomu alaykum! Ibn Sinoni "xom suvni ichma, sog‘likdan kechma" degan hikmati darslikda bor. Bir kitobda Rosululloh sollalohu alayhi va sallamning asosan suv va xurmo tanavvul qilardilar deb yozilgan. Xom(qaynatilmagan) suvni ichish haqida hadis bormi yoki payg‘ambarimiz alayhissalom asosan suv va xurmo iste’mol qilardilar deyilganda qaynatilgan suvni nazarda tutilganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Suvni qaynatib yoki qaynatmay ichish borasida biror shar’iy ko‘rsatma vorid bo‘lmagan. Balki afzali nima bo‘lsa o‘sha bajarilaveradi. Vallohu a’lam!
22 Iyun 2022, 16:52 | Savol-javoblar | 80 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar