Tijoratga aniqlik kiritish
Assalomu alaykum! Biz chinni buyumlar sotish bilan shugullanamiz. Xitoydan o‘z savdo belgisi tushirib pishirilgan, ammo naqshsiz, yarim tayyor mol olib kelib bir firmaga beramiz. U firma chinni buyumga biz buyurtma qilgan naqshni chizib bergach, molni bozorga chiqarib xitoydan olib kelingan mol ekanligini aytib sotamiz. Faqat so‘ragan xaridorlarga “to‘g‘ridan to‘g‘ri xitoydan shu holatda olib kelyapmiz” deymiz. Agar shunday demasak baribir O‘zbekistonda bo‘yalarkan deb molni olmay qo‘yishgani kuzatildi. Shunuchun biz agar so‘rashsa bu erda naqsh qildirayotganimizni aytmay xitoydan olib kelyapmiz deb qo‘ya qolamiz. Shu ishimiz shariatga xilof emasmi? Alloh sizlardan rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! So‘raganda ham Xitoydan shunday kelgan deyishingiz shariatga xilof. Molni boricha aytib sotish kerak. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 01:03 | Savol-javoblar | 130 | Moliya va tijorat