Kolbasa va go‘sht mahsulotlarining "halal" markasiga ishonish
Assalomu alaykum! Kimdirdan eshitgan edim agar ishlab chiqaruvchi hammasini o‘zining zimmasiga olib «halol» tamg‘asi bilan mahsulot chiqargan bo‘lsa va sizning uning halol emasligiga aniq dalilingiz bo‘lmasa shu mahsulotni shubha qilmasdan iste’mol qilish mumkin, deganini. Agar shu ishlab chiqaruvchi xiyla ishlatib mahsulotida harom ishlatayotgan bo‘lsa, lekin buni xalq bilmasa iste’molchiga gunoh yo‘q, chunki u xiyla ishlatilganidan bexabar va ishlab chiqaruvchi bo‘yniga olgan halol deganiga ishongan. Shu fikr to‘g‘rimi? Masalan go‘sht olayotganizda ham halolmi deb so‘raysiz va halolligini aytishsa olasiz ya’ni musulmon odam sotayotgan bo‘lsa. Kolbasa mahsulotlaridagi «halol» tamg‘asidagilarigayam shunaka munosabatda bo‘lib olib iste’mol qilsak bo‘ladimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda ikki narsa asosiy qoida qilib olingan. Birinchisi: Asli harom bo‘lgan narsaning shar’iy yo‘l bilan halol qilingani sobit bo‘lmagunicha u haromligicha qoladi. Masalan, go‘shti eyiladigan hayvonlar shariatga muvofiq so‘yilmasa, ularning qoni chiqib ketmagani va Allohning ismlaridan birortasi zikr qilinmagani uchun go‘shti haromligicha qoladi. Tasmiya aytib so‘yilgani aniq bo‘lgachgina halol deb hukm qilinadi. Ikkinchisi: Asli halol bo‘lgan narsalarning biror yo‘l bilan harom qilingani sobit bo‘lmasa, ular halolligicha qoladi. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 09:56 | Savol-javoblar | 139 | Halol va harom