Qalbimda muhabbatim yo’qmi deb qormoqdaman

Assalomu alaykum! Yaqinda internetda Rosululloh salollohi alayhi vasallamni o‘ngida ko‘rgan va birga suhbatlashgan bolani videosi va yozib olingan audiosi tarqaldi. Ko‘rdim tasrilandim lekin, xayolimda o‘sha tushida ko‘rib kipriq qaynatishni soraganlardan bo‘lsa kerak deb o‘ylab ham qoldim (ya’ni odamlar joiz no joiz gaplarniham tarqatgani yolg‘on emas) Lekin u bola ishonmaydilar deb ayti Rosululloh solallohi alayhi vasallam ko‘nglida shaytoni borlar dedi, iymoni borlarga o‘zim qalbiga solaman degan manoda gapirdilar (ya’ni Rosulimiz sollallohi alayhi vasallam shunday degan ekanlar,) va u bola salom olib kelgan ekan domlalardan 3tasiga ular bu xodisani aytib o‘tmadilar. Ortogim bilanhan fitnalashdik u ishonmayapsan sen deb xafa bo‘lganidan juda qattiq xafa bo‘ldim Allohdan qalbimga to‘g‘ri Yo’li korsatishini soramoqdaman. O‘zimga esa oddiy narsadan fitna qilma ozinga ibodatingni qil demoqdaman lekin bu Ummat uchun oddiy narsamasku xaqiqat bo‘lsa. Shu xaqida zikr ahli javobini bilmoqchi edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga muhabbat qilish uchun albatta tush ko‘rish yoki ruhiy tushkunlikka tushish shart emas. U zotni sunnatlarini mahkam tutib amal qilsangiz ham muhabbatli ummat bo‘lasiz. U kabi tushlarga berilmaslik kerak. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:04 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar