Ta’kidlanmagan sunnatlar
Assalomu alaykum! Ustozlar, ta’kidlanmagan sunnatni tushintirib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariat jazm etmasdan talab qilgan, uni qilgan odam savob olib, qilmagan mazammat qilinmaydigan amal «sunnat» deyiladi. Qarz oldi-berdisini vasiyqa sifatida yozib qo‘yish haqidagi hukm buning misolidir. Sunnat amalni qilgan odam savob oladi. Uni tark etgan odam iqob qilinmaydi. Unday kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning malomatlariga va itoblariga qolishi mumkin. Hanafiylardan boshqalar sunnatni mandub, nafl, mustahab, tatovvo‘, ehson va hasan kabi nomlar bilan ham ataydilar. Hanafiylar esa sunnat bilan mandub va mustahabning orasida farq bor, deydilar. Sunnat ta’kidlangan amal bo‘lib, dinda shart bo‘lmagan, ammo uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam doimiy ravishda qilib yurganlar va ba’zan uzrsiz tark qilganlar. Mandub yoki mustahab esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallam doimiy ravishda qilmagan amallardir. Hanafiylar Sunnatni bir necha turga taqsimlaydilar: 1. Sunnati muakkada. Jamoat namoziga o‘xshash amallar. 2. Sunnati mashro‘a. Dushanba va payshanba kunlari ro‘zasini tutishga o‘xshash amallar. 3. Sunnati zoida. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning eyish-ichishlari, kiyinishlari, yurish-turishlari, uxlashlariga ergashishga o‘xshash ishlar. («Kifoya» kitobidan). Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 08:03 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar