Namozni yashirincha o‘qib yursa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Izlash xizmatidan savolimga o‘xshashini topolmadim. Men turmushga chiqqan oila hozirgi tilda aytganda zamonaviy ya’ni keliniga bayramlarda vino ich qonni ko‘paytiradi yoki qaynilar bilan o‘pishib ko‘rishiladi, uzun kiyimlar kiysa lo‘liga o‘xshab kiyinmasdan tizzadan kiyiladi va hokazo shunga o‘xshashlar deydiganlardan. Turmush o‘rtog‘im ham afsusku shunday o‘ranib yurishim ya’ni hijobmas oddiy ro‘molni oddiy o‘rashimga ham qarshi. O‘zingga to‘g‘ri bo‘lsang bo‘ldi deydiganlardan. Qizlik paytim namoz o‘qirdim, kelin bo‘lgandan keyin tashlavorudim, ammo qattiq pushaymon bo‘lib tavba qilib, namozni boshladim. Albatta bunga erimni ko‘ndirishim juda qiyin bo‘ldi, duolarimda insof so‘rab oxiri hech kimga bildirmay yashirincha o‘qishlik sharti bilan rozi bo‘ldilar. Savolim shuki namoz o‘qiysanmi deb so‘raganlarga yoki umuman namoz haqida so‘rashganda o‘qishimni yashirib yursam, ammo bironta namozlarimni qazo qilmay vaqtida o‘qish imkonini qilyapman har doim behisob shukr, lekin buni erimdan boshqa hech kimga bildirmayapman. Shu ishim to‘g‘rimi? 2). Kuni bilan tahoratimni buzmay yurishga harakat qilaman, ammo buzilgandan keyin namoz vaqtigacha borib tahorat qilishga bazida ish ko‘pligidan imkonim bo‘lmidi. ammo og‘zim bo‘sh qo‘lim ish qilgandayam tinimsiz yoddan bilgan suralarimni aytib yurib ish qilaman. Ba’zida tahoratim buzilib qolsa zikrlarni aytib yuraman hayol buzilmasligi uchunam, doim odat bo‘lib qolgan, lekin tahoratsiz bo‘lganimdayam tilim o‘rganib qolgani uchunam o‘zidan o‘zi Fotihani aytvoruraman. Tahoratsizligim esimga tushishi bilan to‘xtataman. Bularni doim ovozimni o‘zim eshitadigan darajada aytib yuraman, lekin yaqinda bir tanishim tahoratsiz suralarni aytib yurish katta gunohligini aytib qoldi. Shu gap to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Musulmonlar ichida ham bunday oilalar borligi juda ham achinarli. Siz ibodat va duoda mustahkam bo‘lib shu oilani o‘nglanib ketishiga sababchi bo‘ling. Qur’on suralarini yoddan aytishda tahorat bo‘lmasa zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:44 | Savol-javoblar | 170 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar