Qarzga mahsulot

Assalomu alaykum! Kimdir mandan qarzga 100.000 so‘mlik mahsulot olsa, man unga agar 10 kun ichida qarzingi uzsang qarzingni 80.000so‘mga tushirib beraman 10 kunda uzolmasang 100.000 so‘m to‘liq to‘laysan deb taklif kiritishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mumkin emas. Ikkisidan biriga kelishish kerak. Bo‘lmasa bir bayda ikki savdo bo‘lib qoladi.عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ بَاعَ بَيْعَتَيْنِ فِي بَيْعَةٍ فَلَهُ أَوْكَسُهُمَا أَوِ الرِّبَا. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ وَصَحَّحَهُ.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: 
«Kim bir savdoda ikki savdoni qilsa, unga ikkisidan kami yoki ribo», dedilar». 
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan va sahih deyilgan.
Sharh: Bir savdoda ikki savdo qilish ikki xil bo‘ladi:
1. Bir molni ikki xil narx bilan sotadi. Misol uchun, ushbu kiyimni naqdga olsang o‘n so‘mga, nasiyaga olsang o‘n besh so‘mga sotaman, deydi.
2. Ikki xil molni bir xil narx bilan sotadi. Misol uchun, ushbu ikki kiyimdan birini senga bunchaga sotdim, deydi.
Bu holatlarda ikki narsadan biri tayin bo‘lmagani uchun savdo noto‘g‘ri bo‘ladi. Agar sotuvchining chaqirig‘idan keyin xaridor birini tanlasa, savdo yuradi. (“Hadis va hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

13 May 2022, 14:19 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar