Dil og‘ritish

Assalomu alaykum! Bir kitobda "Kimki birovning ko‘nglini vayron kilsa Ka’bani vayron qilganga tengdur deb Qur’onda yozilgan" deb o‘qidim. Bu gap qanchalik to‘g‘ri? Agar  to‘g‘ri bo‘lsa hadis yoki Qur’oni karimning oyatida keltirilgan? Umuman birovning dilini og‘ritish xaqida dinimizda oyatlar bormi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oyatda ham hadisda ham ayni shu so‘zlar bilan kelgan emas. Ammo insonni eng qattiq jarohatlanadigan a’zosi qalbi bo‘ladi. Biror kishi qorningiz yoki oyoq-qo‘lingizga igna sanchiganidan ko‘ra ko‘zingizga sanchigani og‘irroq va azobliroq bo‘lganidek insonga etkazilgan ozorlarning eng qattig‘i qalbga etgkazilgani bo‘ladi. Arablarda “A’zolarga etgazilgan tig‘larning jarohati bitib ketadi, tilni qalbga etkazgan jarohati esa aslo bitmaydi” degan maqol bor. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 18:43 | Savol-javoblar | 397 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar