SAT imtihoni haqida (sotish)

Assalomu alaykum! Avvalo SAT imtihoni haqida aytsam. Bu Xuddi o‘zimizni DTM testi kabi (solishtirb bo‘lmasada) Amerikadagi Universitetlarga kirishda topshiriladigan test. Farqi yilda 5 (Amerikada 7) marta topshirib sertifikatni olib qabul vaqtida bemalol topshirasiz. Amal qilish muddati yo‘q ammo ba’zi Universitetlar (3)5 yil ichida olingan bo‘lsa tan oladi(IELTS kabi desa ham bo‘ladi). Hozirgi paytda O‘zbekistonda bu test ju ham mashhur bo‘ldi va ko‘p yoshlar topshirishmiqchi. Ammo joylar uchun muammo mavjud, sababi, Toshkentda 2 dona test markazi bor va boshqa hech qaerda yo‘q. Abiturientlar ko‘pi Qozog‘iston va Qizg‘izistonga borib topshirmoqda. Oldinlari shu joylar ham to‘lmagani bois yana tashkil qilinmagan. 2-3 yilda ommalashib ketdi. Lekin degan joyi, agar joy olganlar bekor qilsa va shu paytda kimdir saytda bo‘lsa uni joyini olib qo‘ya oladi(Online joyni band qilinadi). Ba’zi odamlar kerak bo‘lmasa ham olib qo‘yib joy qolmaganda joy zarur bo‘lgan studentlarga $25 dan $500 va undan ko‘pgacha sotmoqda(agar bekor qilsangiz sollege board ya’ni tashkilotchi $25 pulizni olib qolganini qaytarib beradi) (Hozirda test $109 2022 yilda)Nozik joyi sotib olgan kishi o‘sha joyni olish ehtimoli 100% emas, chunki, to‘lov qilayotganda qotib qolsa 20 minutdan keyin boshqa kishi olib qo‘yishi mumkin.(Joyni olayotganda 20 minut beradi ba’zi ma’lumotlarni to‘ldirgandan boshlab pul to‘lagancha) 1) Agar kerak deb olib keyin foyda bilan sotsa joizmi? 2) Kerak bo‘lmasdan olsa va keyin ustiga pul so‘rab sotish mumkinmi? 3) Yoki har qanday holatda faqat ushlab qolingan summaga sotish kerakmi? 4) Agar joyni sotib olayotgan kishi olsa keyin olingan pul halol bo‘ladimi? Ya’ni boshqa birov olib qo‘ysa pulni qaytarib berish kerakmi? 5) Bunday vaqtda yolg‘onchilar ham chiqib qolish ehtimoli bor, chunki odamlar ko‘z oldimizda aldab ketyapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday joy mulk deb hisoblanmaydi. Uni sotish joiz emas. Vallohu a’lam!

29 Iyun 2022, 14:16 | Savol-javoblar | 143 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar