Dayus bo‘lmaydilarmi?

Assalomu alaykum! Hurmatli aziz ustozlar, bilamizki muqaddas dinimizda ayollarning mahramsiz safarga chiqishlari mumkin emas. Hozirgi kunlarda iqtisodiy ahvol yuzasidan ko‘plab opa-singillarimiz boshqa yurtlarda mehnat muhojiri bo‘lib yuribdilar. Ba’zilari mahramlari bilan birgalikda bo‘lsalar ba’zilari mahramsiz, lekin ibo-hayolarini pok saqlagan holda mehnat qilmoqdalar. Savolim quyidagicha mahramsiz chiqib ibo-hayolarini pok saqlab yurgan opa-singillarimizga tegishli bo‘lgan erkaklar dayus hukmiga tushib qolmaydilarmi? Misol uchun biror bir ayolni otasi va aka-ukalari uyida qolib boshqa yurtda amakisi-togasi bo‘lsa va u ayoldan xabardor bo‘lib, bordi-keldi qilib yursalar. Shu ayolning otasi va aka-ukalari dayus hukmiga tushib qolmaydilarmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U ayolning holatiga bog‘liq. Agar ketishda mahrami bilan ketsa, qaytishda ham mahram bilan qaytsa, safarda yolg‘iz qolgan holatida shariatga muvofiq kiyinib, ibodatlarda bardavom bo‘lsa, yolg‘iz qolib ishlagani uchun dayus hisoblanmaydi. Aksi bo‘lsa dayus bo‘ladi. Siz aytganingizdek safar davomida tog‘asi yoki amakisi xabardor bo‘lib turgan bo‘lsa, safari joiz hisoblanib, erkak qarindoshlari dayus bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 01:18 | Savol-javoblar | 161 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar