Uch taloq tushdimi?

Assalomu alaykum!
48-savolni javobini o‘qib, men xam savol berishga majbur bo‘lyapman. 4 yil chamasi oldin onamning uyiga mexmonga borgandim, boshqa viloyatda turishadi, uyimizgacha 5 soatlik yo‘l. Xo‘jayinim bilan oramizda gap qochib, jaxl ustida menga tonggacha uyga kelmasang ming taloqsan dedi. Men bormadim, 3 kunlardan keyin bordim. 3 ta farzandimiz bor. Birga yashayapmiz, bizning nikoximiz xukmi qanday bo‘ladi, taloq tushganmi? Taloq tushgan bo‘lsa qayta nikox o‘qitib olishimiz kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloq biror shartga bog‘lansa o‘sha shart topilishi bilan taloq voqe’ bo‘ladi. Holat ayni yozaningizdek bo‘lsa sizga uch taloq tushgan. Vallohu a’lam!

29 Iyun 2022, 16:06 | Savol-javoblar | 227 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar