Qadr kechasidagi ibodatlar
Assalomu alaykum! Ustozlar, uzr yana savol yo‘llayapman. Nasib qilsa, yaqinda qadr kechasi kiradi. Shunga ibodatni qay tarzda qaysi suralar bilan o‘qishlikni bilmayapman. Shunga kaysi kitoblardan foydalanaylik imkon qilib suralarni yodlashimiz kerak. Vaqt azgina qolibdi. Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ustozimiz rahimahullohning “Mo‘minning me’roji” nomli kitobidan yodlang. Inson kunlik hayotida Alloh taolo farz qilgan amallarni tark qiladi, harom ishlarga qo‘l uradi, yolg‘on gapiradi, va’dasiga xilof qiladi, o‘zgalarning dilini og‘ritadi, haqqlarini urib qoladi, moddiy va ma’naviy zulm qiladi va hukumat tarafidan jazolanmagani uchun bu qilayotgan ishlari uni oxiratda do‘zaxning eng chuquriga tushishini vojib qilib qo‘yganini tirik turib vafot etishi bilan boradigan joyining hukmini chiqprib qo‘yganini o‘ylab ham ko‘rmaydi. Holbuki inson og‘zidan chiqqan har bir so‘zning savobi va iqobi bor va o‘sha gapirgan gapining evaziga ustidan chiqarilgan hukm bor. "Tafsiri hilol" kitobida “Qof” surasining tafsirida: إِذْ يَتَلَقَّى الْمُتَلَقِّيَانِ عَنِ الْيَمِينِ وَعَنِ الشِّمَالِ قَعِيدٌ مَا يَلْفِظُ مِن قَوْلٍ إِلَّا لَدَيْهِ رَقِيبٌ عَتِيدٌ 17. Ikki kutib oluvchi o‘ngda va chapda o‘tirgan hollarida kutib olganda... 18. biror so‘z talaffuz qilmas, illo huzurida hoziru nozir borlar. Demak, insonning ikki tarafida ikki farishta joylashgan va ular insonning har bir amali va so‘zlarini kutib oladi. Oyatda ularni «ikki kutib oluvchi» deb aytilmoqda. «Ikki kutib oluvchi o‘ngda va chapda o‘tirgan hollarida kutib olganda...» Mazkur farishtalar sodir bo‘lgan barcha hodisalarni yozib borishga vakil qilinganlar. «…biror so‘z talaffuz qilmas, illo huzurida hoziru nozir borlar». Insonning og‘zidan chiqqan bitta lafz ham ularning nazarlaridan chetda qolmaydi. Ular hamisha hoziru nozirdirlar, darrov yozib qo‘yadilar. Qadr kechasi kabi Alloh taoloning rahmatlari yog‘iladigan kechalarda ustidan chiqarilgan hukmlarni rahmatiga o‘zgartirilishini so‘raladi. Bu borada "Hadis va Hayot" kitobida quyidagicha hadislar kelgan: عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللهِ، أَرَأَيْتَ إِنْ عَلِمْتُ أَيُّ لَيْلَةٍ لَيْلَةُ الْقَدْرِ مَا أَقُولُ فِيهَا؟ قَالَ: قُولِي اللَّهُمَّ إِنَّكَ عُفُوٌّ كَرِيمٌ تُحِبُّ الْعَفْوَ فَاعْفُ عَنِّي Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Ey Allohning Rasuli! Ayting-chi, agar Laylatul qadr kechasi qaysi kecha ekanini bilsam, unda nima deyman?» dedim. «Allohim! Albatta Sen afv qiluvchi va karamlisan. Afvni yaxshi ko‘rasan. Bas, meni afv qilgin», degin», dedilar». Sharh: Albatta, Laylatul qadr kechasi duoning qabul bo‘lishi eng qulay fursatlardan biri ekanini hamma yaxshi biladi. Bu savolni boshqacha qilib, «Duo eng qabul bo‘ladigan vaqtda qaysi duoni qilay?» desak ham bo‘ladi. «Afv» so‘zi lug‘atda tark qilish, o‘chirish va yo‘q qilish ma’nolarini ifoda etadi. Ulamolar afvni quyidagicha ta’riflaydilar: Munoviy: «Afv bir narsani tanovul qilishni qasd etish va gunohni o‘tib yuborishdir», deganlar. Kafaviy: «Afv qudrati etib turib, zarar etkazmaslikdir. Kim uqubat berishga haqdor bo‘la turib, uni tark qilsa, afv qilgan bo‘ladi», deganlar. عَنِ الْعَبَّاسِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللهِ، عَلِّمْنِي شَيْئًا أَسْأَلُهُ اللهَ عَزَّ وَجَلَّ، قَالَ: سَلِ اللهَ الْعَافِيَةَ، فَمَكَثْتُ أَيَّامًا ثُمَّ سَأَلْتُهُ ثَانِياً، فَقَالَ لِي: يَا عَبَّاسُ يَا عَمَّ رَسُولِ اللهِ، سَلُو اللهَ الْعَافِيَةَ فِي الدُّنْيَا وَالْآخِرَةِ Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Ey Allohning Rasuli! Menga Alloh azza va jalladan so‘raydigan narsani o‘rgating», dedim. U zot menga: «Allohdan ofiyat so‘ra», dedilar. Bir necha kun turdim, so‘ngra u zotdan shu narsani yana bir bor so‘radim. U zot menga: «Ey Abbos! Ey Rasulullohning amakisi! Allohdan bu dunyo va oxiratdagi ofiyatni so‘ra», dedilar». Sharh: «Ofiyat» so‘zi salomatlik, eson-omonlik, bardamlik, yaxshi kayfiyat kabi ma’nolarni ifoda qiladi. Ko‘rinib turibdiki, ofiyat ham Alloh taoloning katta ne’matlaridan biri ekan. Bu ne’matning bandadan boshqa tarafga o‘tishi uning uchun katta musibat bo‘lishi turgan gap. Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Ibn Mojalar Abdulloh ibn Mehson al-Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam quyidagilarni aytadilar: «Kimning jasadi ofiyatda bo‘lsa, o‘z guruhida tinch-omon bo‘lsa va huzurida egani quti bo‘lsa, go‘yoki dunyoni qo‘lga kiritibdi». Ofiyat Alloh taoloning bandani barcha turdagi balo va ofatlardan saqlashidir. وَسَأَلَ رَجُلٌ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: أَيُّ الدُّعَاءِ أَفْضَلُ؟ قَالَ: سَلْ رَبَّكَ الْعَافِيَةَ وَالْمُعَافَاةَ فِي الدُّنْيَا وَالْآخِرَةِ، ثُمَّ سَأَلَهُ فِي الْيَوْمِ الثَّانِي، فَقَالَ مِثْلَ ذَلِكَ، ثُمَّ سَأَلَهُ فِي الْيَوْمِ الثَّالِثِ، فَقَالَ مِثْلَ ذَلِكَ، ثُمَّ قَالَ: إِذَا أُعْطِيتَ الْعَافِيَةَ فِي الدُّنْيَا وَأُعْطِيتَهَا فِي الْآخِرَةِ فَقَدْ أَفْلَحْتَ Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Qaysi duo afzal?» deb so‘radi. «Robbingdan bu dunyo va oxiratdagi ofiyatni so‘ra», dedilar. So‘ngra u zotdan ikkinchi kuni ham so‘radi. U zot o‘shani aytdilar. So‘ngra u zotdan uchinchi kuni ham so‘radi. U zot yana o‘shani aytdilar. Keyin esa: «Qachon bu dunyoda senga ofiyat berilsa va u senga oxiratda ham berilsa, batahqiq, najot topibsan», dedilar». Sharh: Alloh taolo barchalarimizga bu dunyo va oxirat ofiyatini bersin! Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 18:49 | Savol-javoblar | 150 | Ibodatlar